BOLALAR SPORTI: QAYSISI NIMAGA FOYDA?


BOLALAR SPORTI: QAYSISI NIMAGA FOYDA?

Suzish — bel, qol-oyoq va elka mushaklarini rivojlantiradi, nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Ayniqsa, kichkintoyda umrtqa bilan bogliq xastaliklar (skolioz, kifo, osteoxondroz) kabilar kuzatilsa, suzish mashgulotlari juda foydali. Teri kasalliklari, oshqozon-ichak, buyrak xastaliklari, bronxial astma va koz nurining zaifligi kuzatilgan bolalarga bu mashgulot bilan muntazam shugullanish mumkin emas.
Engil atletika oyoq va elka muskullarini rivojlantiradi, surunkali kasalliklarning oldini oladi va ularni zaiflashtiradi. Kichkitoy ogir xastalik yoki jarrohliq amaliyotini boshdan otkazsa, engil atletika mashgulotlariga qatnashmagani maqul

BOLALAR SPORTI: QAYSISI NIMAGA FOYDA? Aerobika, sheyping, raqs tanining eguvlanchanligini va qayishqoqligini taminlaydi. Harakatlarni noziklashtirib, qomatni gozallashtiradi. Ayniqsa, qizaloqlar uchun foydali. Buyrak xastaliklari bezovta qiluvchilarga mumkin emas.
Tennis tez harakatlanishga orgatadi, nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Osteoxondroz, oshqozonida yarasi bor bolalar bu sport turi bilan shugullanmay turgani maqsadga muvofiq.

BOLALAR SPORTI: QAYSISI NIMAGA FOYDA? Kurash bolalar organizmini mustahkamlaydi, mushaklarni rivojlantiradi. Ayniqsa, oziga ishonmagan kichkintoylar uchun bu sport turi ayni muaddo. Kozning juda xiraligi, asab xatsaliklari va togay toqimasida muamolar kuzatilsa, bolani boshqa mashgulotlarga jalb qiling.
Jamoaviy sport turlari, masalan, futbol, voleybol kabilar oyoq va elka mushaklarini mustahkamlab, oziga bolgan ishonchni oshiradi, jamoa bilan ishlashni orgatadi. Asab kasalliklari va osteoxondroz, skolioz bezovta qilsa, bolakayni bu sport turiga bermang.

https://insho.uz/insholar

  ЎСМИРДА ЎҚИШГА ИШТИЁҚ УЙҒОТИШ УЧУН 10 ТА ТАВСИЯ