Savol❓Singlim vafot etganiga rosa 6 oy buldi endi meros ishini kay tartibda boshlaymiz, 3 ta farzandi bor 2 Tasi voyaga yetgan 1 tasi 1,5 yosh, eng kenjasini otasi boshka , lekin ZAGS yuk, oldindan raxmat javob uchun
HUQUQSHUNOS JAVOBI: Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga muvofiq meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar.
Mana shu qoidaga muvofiq sizdagi vaziyatda singlizdan qolgan mol-mulklarga farzandlar hamda singlizning ota-onasi 1-darajali merosxo‘r hisoblanadi.
Ushbu kodeks 1150-moddasiga ko‘ra 1-darajali merosxo‘larning merosdagi ulushlari teng sanaladi. Shu qoidaga ko‘ra singlingiz vafotidan keyin undan qolgan merosga ota-onangiz va farzandlar 1-darajali merosxo‘r hisoblanadi.
Singlingizdan qolgan merosni (uy-joy va boshqa mol-mulklarni) ota-onangiz yoki farzandlari nomiga o‘tkazish uchun dastlab meros guvohnomasi olish talab etiladi.
Fuqarolik kodeksi 1146-moddasiga binoan meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rning iltimosiga ko‘ra unga merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berishi shart. Fuqarolik kodeksining 1117-moddasiga ko‘ra ko‘chmas mulkka nisbatan meros ishi u joylashgan hududdagi notarius orqali ochiladi.
Bunda merosni ota-onangiz nomiga olish uchun merosxo‘rlar merosdan voz kechishlari kerak. Fuqarolik kodeksining 1147-moddasiga binoan merosxo‘r meros ochilgan kundan eʼtiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli.
Boshqa merosxo‘rlar merosdan ota-onangiz yoki farzandlarni nomiga voz kechadigan bo‘lsa, hamma ulush ota-onangiz yoki farzandlarni nomida to‘planadi.
Shundan so‘ng merosni ota-onangizning yoki farzandlarning nomiga o‘tkazishingiz mumkin.@Huquqshunos_yordami














