2 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) bolani ovqatlantirish uchun (o‘ziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan tanaffus beriladi (https://lex.uz/docs/-6257288#-6266515).
🕑 2 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p bolalilarga tanaffusning muddati kamida 1 soat qilib belgilanadi.
❗️Mazkur tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi.
➡️ Bolali ayolning xohishiga ko‘ra tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo‘shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining boshiga yoki oxiriga ko‘chirilib, ish kuni shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.@Huquqshunos_yordami













