Alpomish dostoni mavzusida rejali insho

Insho.
Alpomish dostoni.
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤReja:
1)Xalq dostonlarining bugungi kundagi ahamiyati
2)Doston qahramonlariga tavsif.
3)Dostondan olgan taassurotlarim
,,Alpomish» dostonida o’zbek xalqining azal-
azaldan imon-e’tiqod, or-nomus va yurt birligi
yo’lida o’zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan.  Dostonni o’qish davomida o’ziga atashtirilgan
qizning qalmoqlar orasida talash, yurtdoshlarining
begonalarga xor bo’lmasligi uchun jonini tikkan
buyuk qahramon Alpomish, imon keltirgani va do’st
tutingani uchun Hakimbekning yonida o’zining
insofsiz yaqinlariga qarshi kurashgan Qorajon,
insoniy fazilatlari bilan ko’pchilik erkaklardan
baland tura oladigan Oybarchin va Qaldirg’och
timsol-lari millatimizga xos baland sifatlarni aks
ettirganligini ko’ramiz.»Alpomish» dostonida o’zbek millatiga xos eng yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar, ayni vaqtda,
ayrim millatdoshlarimizdagi cheklanganlik va
ojizliklar buyuk bir mahorat bilan tasvirlangan. Bu asar shunchaki bir doston emas, balki xalqi-
mizning ma’naviy olamini ko’rsatuvchi
ko’zgudir. Shuning uchun ham 1999-yilda ushbu Alpomish (ilmiy) matn doston
yaratilganining ming yilligi mamlakatimizda
bayram qilindi.
Xalqimizning engilmas bahodiri — Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon koʻzlardan, balo-qazolardan asrashga qodir, kerak bolsa bu yolda jonini ham fido qilishga tayyor bolgan azamat oʻgʻlonlarimiz — bugungi alpomishlarning ma’naviy qiyofasini ko`ramiz. Ishonamizki, har bir avlod mana shu qahramonlik dostonini asrab- avaylab kelgusi avlodlarga etkazadi. Bu qahramonlik eposini kuylab, uni qalbiga, jo qilgan millatni esa hech qanday kuch yenga olmaydi.