🎒 2025–2026-o‘quv yili uchun1-sinfga qabul boshlandi!
Muddati: 20-iyundan 31-iyulgacha
my.gov.uz va my.maktab.uz platformalari orqali
2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.
Mikrohududga asoslangan qabul:
Farzandingiz doimiy ro‘yxatga olingan manzilga yaqin maktabga (mikrohudud bo‘yicha) joylashtiriladi.
Vaqtincha ro‘yxatda bo‘lganlar esa 1-avgustdan keyin, mikrohududda bo‘sh o‘rin qolgan taqdirda qabul qilinadi.
Qanday ariza topshiriladi?
✅ Ariza elektron tarzda mustaqil to‘ldiriladi.
✅ Hujjatlar avtomatik tarzda hududiy xalq taʼlimi bo‘limiga yuboriladi va so‘rovnoma 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
✅ Maktab esa 1 ish kunida qabul yoki rad etish haqida qaror chiqaradi.
✅ Natija portallar orqali sizga elekron shaklda taqdim etiladi.
✅ Ijobiy javob olinganda, onlayn navbat bo‘yicha farzandingiz bilan maktabga borib, tibbiy ma’lumotnomani topshirishingiz kerak.
Davlat xizmati bepul taqdim etiladi.