PORA OLGANGA HAM, BERGANGA HAM JAVOBGARLIK BELGILANGAN

Savol❓Singlim vafot etganiga rosa 6 oy buldi endi meros ishini kay tartibda boshlaymiz, 3 ta farzandi bor 2 Tasi voyaga yetgan 1 tasi 1,5 yosh, eng kenjasini otasi boshka , lekin ZAGS yuk, oldindan raxmat javob uchun

   HUQUQSHUNOS JAVOBI: Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga muvofiq meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar. 

  Mana shu qoidaga muvofiq sizdagi vaziyatda singlizdan qolgan mol-mulklarga farzandlar hamda singlizning ota-onasi 1-darajali merosxo‘r hisoblanadi. 

  Ushbu kodeks 1150-moddasiga ko‘ra 1-darajali merosxo‘larning merosdagi ulushlari teng sanaladi.  Shu qoidaga ko‘ra singlingiz vafotidan keyin undan qolgan merosga ota-onangiz va farzandlar 1-darajali merosxo‘r hisoblanadi.

  Singlingizdan qolgan merosni  (uy-joy va boshqa mol-mulklarni) ota-onangiz yoki farzandlari nomiga o‘tkazish uchun dastlab meros guvohnomasi olish talab etiladi.

  Fuqarolik kodeksi 1146-moddasiga binoan meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rning iltimosiga ko‘ra unga merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berishi shart. Fuqarolik kodeksining 1117-moddasiga ko‘ra ko‘chmas mulkka nisbatan meros ishi u joylashgan hududdagi notarius orqali ochiladi.

  Bunda merosni ota-onangiz nomiga olish uchun merosxo‘rlar merosdan voz kechishlari kerak. Fuqarolik kodeksining 1147-moddasiga binoan merosxo‘r meros ochilgan kundan eʼtiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli.

 Boshqa merosxo‘rlar merosdan ota-onangiz yoki farzandlarni nomiga voz kechadigan bo‘lsa, hamma ulush ota-onangiz yoki farzandlarni nomida to‘planadi.

 Shundan so‘ng merosni ota-onangizning yoki farzandlarning nomiga o‘tkazishingiz mumkin.

    @Huquqshunos_yordami 

  BOLALAR SPORTI: QAYSISI NIMAGA FOYDA?