Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to’lash tizimi takomillashtiriladi

Qonun (O’RQ–1095-son, 11.11.2025-y.) bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

 🔰 Qonun bilan qonun hujjatlariga Migratsiya agentligining vakolatlarini aniqlashtirish, xususiy bandlik agentliklarining huquq va majburiyatlarini kengaytirish, shuningdek ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to'lash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

 ✳️ Unga ko'ra, xususiy bandlik agentliklariga quyidagi huquqlar berildi:

 🔹 ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunar va chet tillarga o'qitish bo'yicha o'quv kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish, shuningdek ushbu jarayonga chet ellik ish beruvchilarni jalb etish;

  🔹 zaxira qilinadigan mablag'larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish.

 ❌ Bundan tashqari, Mehnat kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi to'g'risidagi talab chiqarib tashlandi. 

 💸 Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning 1 kundagi birinchi 2 soati uchun kamida 1,5 hissa miqdorida, 2 soatdan ortiq qismi uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to'lanishi belgilandi.

    @Huquqshunos_yordami 

  2025–2026-o‘quv yili uchun1-sinfga qabul boshlandi!