Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” insho

“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”
REJA:

  1. Vatanga ta’rif
  2. O’zbekiston – bizning Vatanimiz
  3. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q»
  4. Xulosa

Vatan! Bu so’z zamirida olam-olam ma’no bor. Vatan – aziz
muqaddas va mo’tabar yurtdir. «Vatan» arabcha so’z bo’lib, ona yurt degan
ma’noni anglatadi.Vatan – biz tug’ilgan makon. Kindik qonimiz
to’kilgan tuproq. Vatan – bu oltin beshik. Ota-onamiz,
qarindoshlarimiz va do’stlarimiz bilan birga yashayotgan zamin.
Bobolarimizning izlari qolgan er. Ajdodlarimiz yurti, yurakdagi
javohirdir. Vatan – jonajon shahringiz va qishlog’ingizdir.
Insonning qalbi, orzu-umidlari, quvonchlari va kelajagi Vatani
bilan chambarchas bog’liqdir. Muqaddas «Vatan» so’zi mo’tabar «ona» so’zi
bilan yonma-yon turadi. Chunki, Vatan ham ona kabi yagonadir.
Siz kinofilmlarda turli sabablarga ko’ra uzoq muddat chet
Ellarda bo’lib, o’z Vataniga qaytgan kishilarining samolyotdan yoki
poezddan tushgach tiz cho’kib ona Vatanlarining tuprog’ini o’pganlarini
va ko’zlariga surtganlarini ko’rgansiz. Bu manzarada ularning Vatanga
bo’lgan muhabbatlari, Vatanning sajdagohdek muqaddas Ekanligining
yorqin namunasini ko’ramiz.
O’zbekiston o’tmishda Turon, Movarounnahr va Turkiston nomlari
bilan atalgan. Ming yillar mobaynida mamlakatimiz hududida xilma-
xil dinlar va madaniyatlarga Ega bo’lgan insonlar tinch-totuv yashab
kelganlar. Diyorimiz o’zining go’zal tabiati, unumdor tuprog’i, bitmas-
tuganmas boyliklari bilan doim barchaning E’tiborini tortib kelgan. O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston,
Dostonlarda bitgan guliston.
O’zbekiston deya atalur,
Uni sevib El tilga olur.
(H.Olimjon)
Hatto Vatanimizni bosib olganlar ham xalqimiz yaratgan boy
madaniyatiga tan berganlar. Ayni shu zaminda ko’p asrlar mobaynida
jahon madaniyatlari bir-birini boyitgan.Vatanimiz salkam uch ming
yillik tarixga Ega. Bu davrlarda mamlakatimizdan jahon ilm-
fanining rivojiga bebaho hissa qo’shgan buyuk allomalar, olimlar
etishib chiqdi. Siz o’quvchilar Esa Vatanimiz O’zbekistonning
kelajagisiz. O’zbekiston dunyoning ilg’or davlatlaridan biri bo’lishga
intilmoqda.Bu buyuk maqsadning ro’yobga chiqishida Vatanimiz Sizni
hamma havas qilgudek farzand bo’lib kamol topishingizga ishonch bilan
qaraydi.
Dunyodagi zo’ravon kuchlar qaysi bir xalqni o’ziga tobe qilmoqchi,
bo’ysundirmoqchi bo’lsa, avvalambor uning buyuk boyligi bo’lmish
milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi.
Yurtboshimiz Islom Karimov o’zining «Yuksak ma’naviyat – engilmas
kuch» kitobida «O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan
millatning kelajagi yo’q» deb bejiz ta’kidlamaganlar. Muhtaram
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan aytilgan bu hikmatli
so’zlar Sizni Vatanimizning tarixini puxta Egallashga da’vat Etadi.
Vatanimizning o’tmishi buyuk, uning kelajagi ham shubhasiz
buyukdir. O’tmishdagi buyuklik nimalardan iborat bo’lganligini va
kelajakdagi buyuklik yo’lida qanday ulkan bunyodkorlik ishlari amalga
oshirilayotganligini tarix fanini bosqichma-bosqich o’rganish orqali
bilib olasiz. O’zbek xalqining tarixiy otmishi, ozligi, manaviyati haqida
gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan
masalalarda aniq yondashuv etishmayapti. Ilmiy tilda aytganda, yaxlit
kontseptsiya yoq. Ozlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi.
Isbottalab bolmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga
kotarilishi zarur.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, kim bo’lishimizdan qat’i
nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday
odamlarni yoldan urish, har xil aqidalar tasiriga olish mumkin Emas.
Tarix saboqlari insonni hushyorlikka orgatadi, irodasini
mustahkamlaydi. Shunday Ekan tarixiy xotirasiz kelajak yo’q
Ekanligini qalban anglamog’imiz kerak.

  "Boburnoma" mavzusida insho rejasi bilan