Alisher Navoiy-g’azal mulkining sultoni insho

Insho.uz:
Alisher Navoiy-g’azal mulkining sultoni.

              Reja:

1.Kirish.
Navoiy va bulbul.

  1. Asosiy qism:
    a) Navoiy g’azallari shaydosiman.
    b) Navoiyning buyukligidagi oddiylik

3.Xulosa

Ogohiy, kim topgo’y erdi
so’zi nazmingdin navo,
Bahra gar yo’qdir
Navoiyning merosidan sango

…U bog’da o’tirib, yoqimli, jarangdor ovozi bilan o’zi bitgan g’azalni o’qiy boshladi. Uning shunday go’zal ovozi bor edi-ki, bundan sarmast bo’lgan borliq ham unga quloq tutgandek edi, go’yo… Chandorda onish qiloyotgan bulbul ham uning ovoziga mahliyo bo’lib, xonishdan to’xtadi va so’radi: “Ey yoqimli ovoz soh ibi! Sening shunday go’zal ovozing bor ekan, aytidiki sen o’zingga taxallus tanladingmi?”

“Yo’q”-deb javob beribdi u. Unday bo’lsa sen o’zingga “navo” taxallusini tanla,-debdi bulbul. U uzoq o’ylabdi va o’ziga Navoiy deb taxallusini tanlabdi. Ha, bu ulug’zot- o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk so’z san’atkori Mavlono Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlari edi.

Navoiy deganda eng avvalo ko’z o’ngimizda yorqin bir siymo gavdalanadi. Biz uni o’z ko’zimiz bilan ko’rmagan bo’lsakda, u haqida juda ko’p o’qiymiz, izlanamiz .

Xalqimizda Navoiyni bilmagan, u haqida eshitmagan,
uning g’azallaridan yod olmagan kishining o’zi bo’lmasa kerak. Chunki Navoiyni bilmaslik, o’z tilini hurmat qilmaslik bilan baro-bardir. Tilimizda go’zal asarlar yaratgan buyuk adibimiz necha-necha zamonlardan beri ulug’lanib kelingan. Uning Farh odu Shirinlari, Layliyu Majnunlari bugun ham bar, hayotdirlar.

Uning yaratgan asarlari, mumtoz g’azal, ruboiy, qit’a, tuyuqari har bir kishining ma’naviy ozuqasini oshirishga xizmat qiladi. Chunki Navoiyning asarlararida g’ayrioddiylik, insonlarga xos mehr-oqibat, sevgi-muhabbat tuyg’ulari tarannum etilgan.

Men har gal Navoiy g’azallaridan yod olganimda ularning mag’zini chaqishga harakat qilaman. Chunki har bir g’azalda o’zgacha bir dam yashiringan.

Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin?
Ko’ngluma har biring dardu balosinmu deyin?
Ko’zi qahrinmu deyin, kep-rigi zahrinmu?
Bu qudurat oza ruxsori safosin deyin?..

Navoiy yoshligidan boshlab o’ta zehnli, ziyrak, aqlli bola bo’lgan. U yetti yoshida boshlab g’azallar yoza boshlagan.

Orazin yopqoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, ni-har bo’lg’och quyosh…

O’zining o’n ikki ming she’rini shu birgina baytga almashmoqchi bo’lgan Lutfiy ham unga ko’ngil qoladi va uning buyuk kelajagiga ishonadi. Jomiy hazratlari ham Naoiyning asarlariga tan berib: “yaxshiyamki Navoiyning asarlari turk tilida, agar ular fors tilida bo’lganda, bizning asarlarni hech kim o’qimagan bo’lar edi”,- deb aytib o’tgan ekanlar.

Buyuk zotlarning Navoiyga tan berishga ham uning asarlari qanchalik bebaho ekanligi yorqin isbotidir. Kecha oqshom o’tirib, Navoiydan yod oldim:

Kichkina ma’lum emas hali parishonim meni,
Osmonni pord qildi tiyri afg’onim meni
Men nechuk shod etmayin bu hosta ko’nglumni bukun,
Keldi holimni so’rab jona-jonim meni

  Amir Temur haqida murakkab rejali insho

G’azalni bot-bot o’qib ekanman, unda Navoiyning ichki his-tuyg’ulari, dardlari borligini payqadim.

Biz Alisher Navoiy nomini ulug’lab, ko’klarga ko’taramiz. Ular buyuk zot bo’lsa ham, aslida juda kamtarin, oqko’ngil, xalqparvar, oliyjanob inson bo’lganlar. Ho’sh, Navoiyning buyuklidagi ana o’sha oddiylik nimada? Navoiy hamisha xalq orasida yashagan. Navoiyni mansab, shon-shuhrat emas, balki el-yurt uchun xizmat qilish qiziqtirar edi.

U umri davomida xalqning qilish dardi bilan yashadi, Navoiy o’z tasavvurida oddiygina bir inson edi. Lekin uning qalb quyoshi hamisha porlab turar edi.

Navoiy ham fors ham tojik tillarida ijod etgan. uning yaratgan boy merosi o’zbek xazinasining duru-javohirlaridandir. Ha, biz bejiz! Lekin shoir og’ir kasallik tufayli 1501-yilning 3-yanvarida vafot etdi.

Bu esa Navoiyning zamondoshlari uchun og’ir bir musibatga aylandi.

O’limidan har bir uyga tushdi motam.
Mamlakatning har burchidan chiqdi fiqon.
Temir yurak, tosh yurakli kishilar ham
Bu dahshati musibatdan yutdilar qon.

Yodda tuting!

1⃣ Xamsa yozish an’anasini boshlab bergan ijodkor Nizomiy Ganjaviy

2⃣ Xamsachilik an’anasining asoschisi Xusrav Dehlaviy

✍“Xamsa” yozishning shartlari

  1. Besh dostondan tashkil topishi kerak.
  2. Birinchi doston pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo’lishi kerak.
  3. Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bagishlanishi kerak.
  4. Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olishi kerak.
  5. To‘rtinchi doston shoh Bahrom haqida yozilishi kerak.
  6. Beshinchi doston Iskandar haqida yozilishi kerak.

📝 Xamsa yozgan ijodkorlar

1⃣ Nizomiy Ganjaviy, Ozarbayjonlik 28 yil davomida yozgan

  1. “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag’ishlangan.
  2. “Xusrav va Shirin” Iroq hukmdori To‘g‘rul II ning iltimosiga ko‘ra yozilgan.
  3. “Layli va Majnun” Shirvonshoh Axsatan I buyrug’iga binoan yozilgan.
  4. “Haft paykal” (“Yetti go‘zal”) Alovuddin Korpa Arslonning topshirigi bilan yozilgan.
  5. “Iskandarnoma”

2⃣ Xusrav Dehlaviy kelib chiqishi shahrisabzlik bo’lib 3 yil davomida yozgan.

  1. “Matla’ ul-anvor”
  2. “Shirin va Xusrav”
  3. “Majnun va Layli”
  4. “Hasht behisht” “Sakkiz jannat”
  5. “Oyinayi Iskandariy” “Iskandar oynasi”

3⃣ Abdurahmon Jomiy , adib o`z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazgan va uni “Haft avrang” (“Yetti taxt”) deb atagan.

  1. “Tuhfatul-ahror”
  2. “Sabhatul-abror”
  3. “Yusuf va Zulayho”
  4. “Layli va Majnun ”
  5. “Xiradnomayi Iskandariy”
  6. “Silsilat ul-zahab”
  7. “Salomon va Absol”

3⃣ Alisher Navoiy o’z XAMSASINI 3 yil davomida yozgan.

  1. “Hayrat ul-abror” Falsafiy-ta’limiy doston
  2. “Farhod va shirin” ishqiy qissa yoki ishqiy-sarguzasht asar
  3. “Layli va Majnun” ishqiy qissa
  4. “Saba’i sayyor” ishqiy-sarguzasht doston
  5. “Saddi Iskandariy” qahramonlik dostoni