Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya berilishidan xabardormisiz?
💠 Ariza beruvchilar: Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan IT-park rezidenti boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlari.
🏛 Vakolatli organ: Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi.
✅ Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) (https://my.gov.uz/uz/service/901) orqali qabul qilinadi.
🔹Subsidiya bitiruvchining 6 oy mobaynidagi oʻrtacha ish haqi miqdoriga ko’ra ajratiladi:
💸 bir nafar bitiruvchi uchun ajratiladigan subsidiya miqdori — BHMning 25-75 baravari;
💸 bir nafar nogironligi boʻlgan bitiruvchi uchun ajratiladigan subsidiya miqdori — BHMning 50-105 baravari.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 86-son qarori (https://lex.uz/docs/-6796143).
@Huquqshunos_yordami














