Do’stlik haqida insho

#dõst. Do’stlik haqida insho

Reja:

1.Do’stlik sadoqati.

2.Haqiqiy do’stlik.

3.Do’stlik mevasi.

Do‘stlik va sadoqat tushunchalari bir-biriga ma’nodosh va bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan so‘zlardir. To‘g‘rirog‘i, sadoqat bu – do‘stlik degani, do‘stlik esa sadoqat demakdir. Zero, arab tilidan kirib kelgan sadoqat so‘zi do‘stlik ma’nosini ifoda qiladi. Chunki haqiqiy do‘st sadoqatli bo‘ladi. Sodiq do‘st degan so‘z ham shundan kelib chiqqan. Sadoqat — do‘stlik kishi uchun nasib qilishi mumkin bo‘lgan ne’matlarning eng yaxshilaridan biridir, deb aytsak xato qilmagan bo‘lamiz. Bu ne’matni faqat haqiqiy do‘sti bor odamgina to‘laqonli his qila oladi.Sadoqat — do‘stlik “sidq” so‘zidan olingan. “Sidq” esa rostgo‘ylik, samimiyat va vafodorlikni anglatadi. Zero, do‘st do‘stiga nisbatan rostgo‘y, samimiy va vafodor bo‘ladi. Do‘stlik tushunchasining mazmun mohiyati haqida donishmand kishilar, olimu fozillar tomonidan ko‘plab so‘zlar aytilgan bo‘lib, ularning ba’zilarini siz azizlar bilan baham ko‘ramiz. — Do‘stlik shunday bir daraxtdirki, urug‘i vafo, shohlari umid, yaproqlari saodatdirHaqiqiy do‘st shunday kishiki, u bilan birga bo‘lsangiz, xuddi yolg‘iz holda bo‘lganingizdek o‘zingizni betakalluf tutasiz. U qaysidir kamchiligingiz tufayli sizdan yuz o‘girib ketmaydi. Yig‘ingiz uchun yig‘laydi, shodligingiz uchun quvnaydi. Uzringizni qabul qiladi, xatoingizni kechiradi va yo‘qligingizda ham sizga vafodorlikni saqlaydi, kam — ko‘stingizni to‘ldiradi. Ehtimol, hayotingiz davomida shunday do‘stni uchratarsiz, ehtimol uchratmassiz. Ammo dunyo bunday kishilardan xoli emas. Ona zamin faqat ma’lum mavsumlardagina meva bersa, do‘stlik mevasi har lahzada teriladi. Hakimlardan biri do‘stlikni shamsiyaga (zontik) mengzatadi. Yomg‘ir kuchaygan sari soyabonga ehtiyoj ortganidek, musibat va mushkilot yomg‘irlari boshingiz uzra shiddatli tus olgani sari do‘stlik shamsiyasiga ham ehtiyojingiz kuchayaveradi. “Yomg‘ir”dan soyabon bo‘lmagan do‘st do‘st emas. U shunchaki, tanish -bilishlardan biridir. Insho.Uz Uchun Maxsus!