Maktab direktori va uning o‘rinbosarlariga KPI shaklida har oylik ustama to‘lash tartibi belgilandi

ish haqi
ish haqi

Vazirlar Mahkamasining 21-oktyabrdagi 662-sonli qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasasining direktori va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra har oylik ustamalar to‘lash tartibi belgilandi.

  Unga koʻra, umumta’lim muassasasining rahbar xodimlariga (direktor va uning oʻrinbosarlari) va oʻz faoliyatini soatbay haq toʻlash asosida  amalga oshiradigan oʻqituvchilarga Nizomning (https://lex.uz/docs/7782935) 20-bandiga muvofiq belgilangan har oylik ustamalar belgilanmaydi.

  Xalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika olimpiadasi – fan olimpiadalarida oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktab rahbari (direktor) bundan mustasno.

  Baholash metodikasi va tartibi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Koʻrsatkichlar umumta’lim muassasasining Ichki guruhi tomonidan baholanadi.

  Baholash koʻrsatkichlari asosida umumta’lim muassasalari toʻplagan umumiy ballardan kelib chiqib, ushbu umumta’lim muassasasi direktori va uning oʻrinbosarlariga quyidagi miqdorlarda bir kalendar yil (yanvar-dekabr oylari) uchun bazaviy tarif stavkalariga nisbatan har oylik ustama belgilanadi:

 a) umumta’lim muassasasi direktori:

– 61-70 ball toʻplasa – 3 foiz;
– 71-80 ball toʻplasa – 10 foiz;
– 81-90 ball toʻplasa – 15 foiz;
– 91-100 ball toʻplasa – 20 foiz;

 b) umumta’lim muassasasi direktorining oʻrinbosarlari:

– 61-70 ball toʻplasa – 2,5 foiz;
– 71-80 ball toʻplasa – 5 foiz;
– 81-90 ball toʻplasa – 7,5 foiz;
– 91-100 ball toʻplasa – 10 foiz.

 Direktor yoki direktor o'rinbosarlariga belgilangan har oylik ustama jamgʻarmadagi mavjud mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.

 Har oylik ustama belgilanishi uchun direktor yoki direktor oʻrinbosarlari mazkur umumta’lim muassasasida  kamida 9 oy davomida asosiy lavozimi boʻyicha faoliyat yuritgan boʻlishlari lozim.

 Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi eng tajribali umumta’lim muassasalari direktorlaridan iborat boʻlgan Direktorlar kengashlarida faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasasi direktorlariga jamgʻarma hisobidan bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foiz har oylik ustamalar toʻlanadi.

    @Huquqshunos_yordami 

  BOLALAR SPORTI: QAYSISI NIMAGA FOYDA?