🗓 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni bo‘lib o‘tadi
Imtihonlarning ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqavaqt beriladi:
➖ matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
➖ ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa.
⏳ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), javoblar varag‘iga belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📄 Talabgorlar imtihonga ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak. Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
‼️Eslatma: imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko‘chirish mumkin emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi.
📲 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotni shaxsiy kabinet orqali yuklab olish mumkin.
📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
👉 @xushnudbek 👈