☄️ «Work and Travel» dasturi ishtirokchilari diqqatiga: my.gov.uz orqali FOIZSIZ SSUDA olish boshlandi!
🗣Bugundan boshlab «Work and Travel» dasturida qatnashishni orzu qilgan talabalarning xorijda ishlash va sayohat qilish xarajatlarini qoplashda my.gov.uz yaqindan yordam beradi. Maxsus, foizsiz ssuda imkoniyati ishga tushdi!
🔝Ushbu imkoniyatdan:
Yoshi 16 dan 30 gacha bo‘lgan;
O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan;
Oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lgan (bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno) yoshlar foydalanishi mumkin.
Ssuda olish uchun:
⏺ Ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi.
⏺»Work and Travel» dasturiga oid viza.
⏺ Qarzni qaytarishga kafilning roziligi yoki sug‘urta polisi kerak bo‘ladi.
💰Ssuda har yili 2000 nafar talabaga BHMning 40 baravari miqdorida ajratiladi. Ssuda olgan talabalar uni xorijiy vizaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng 1 oy ichida Yoshlar ishlari agentligiga to‘liq qaytarishi shart.
Manba: @Huquqshunos_yordami telegram kanal